Arbeloa: "Real" futbolchilarining mentaliteti menga juda yoqdi"

Khoja
23 mar 2026
"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa La Liga 29-turida "Atletiko" ustidan qozonilgan g'alaba (3:2) haqida fikr bildirdi.

"Men mamnunman, biz qilishimiz kerak bo'lgan ishni qildik – o'yinni yutib oldik. Yana bir qadam – biz kurashni davom ettiramiz.  

Jamoa yaxshi formada. O'yin juda qiyin kechdi, raqib bizga jiddiy muammolar tug'dirdi. Biz juda kuchli xarakter ko'rsatishimizga to'g'ri keldi. Ular yana hisobni tenglashtirdi va biz yana bosim o'tkazishimiz kerak bo'ldi – aynan shu narsa menga eng ko'p yoqdi, bu jamoaning mentaliteti".


KhojaMuallif
Manba: Marca