"Manchester Siti" jamoa vingeri bilan xayrlashishga tayyor

Alisher Ostonov
17 yanv 2026
"Manchester Siti" klubi qanot hujumchisi Oskar Bobb qishki transferlar davrida jamoani tark etishi mumkin.

Bobbning joriy transfer oynasida kyetish ehtimoli ortdi, chunki uning asosiy tarkibga qaytishi Antuan Semeno kelganidan keyin yanada qiyinlashdi.

So'nggi bir yarim yil davomida Bobb sport formasi va o'yin amaliyotida muammolarga duch kelmoqda. Futbolchiga "Tottenxem”, "Kristal Pelas" va Dortmundning "Borussiya" klublari qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda 22 yoshli norvegiyalik futbolchi barcha musobaqalarda 15 ta o'yinda maydonga tushib, birorta ham gol urmadi, biroq bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bobbning "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt futbolchining narxini 25 million evroga baholamoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Football Insider