Braziliyaning JCH-2026 uchun qaydnomasi: Anchelottida 2 ta bo'sh joy qoldi, Neymar ro'yxatda yo'q

Aslanov Jasurbek
1 apr 2026
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan Jahon chempionati uchun tarkibni deyarli shakllantirib bo'ldi.

"ESPN" nashrining xabar berishicha, mutaxassis 26 talik ro'yxatdan 24 ta ism-sharifni aniqlab olgan.

Hozirda qolgan ikkita bo'sh o'rin uchun uch nafar nomzod kurash olib bormoqda:

Lukas Paketa ("Flamengo") - yarim himoyachi;

Endrik ("Lion") - hujumchi;

Igor Tyago ("Brentford") - hujumchi.

Anchelotti darvozabonlar va himoyachilar chizig'ini to'liq tasdiqlagan. Endi u yana ikkita hujumchi yoki bir hujumchi va bir yarim himoyachini tanlashi kerak.

Eng qizig'i, "Santos" hujumchisi Neymarning tarkibga kiritilgan-kiritilmagani hali ham noma'lumligicha qolmoqda. Manbaning takidlashicha, agar afsonaviy futbolchi JCH-2026 qaydnomasidan chetda qolsa, bu hech kim uchun syurpriz bo'lmaydi. Ko'rinib turibdiki, Anchelotti yangi avlod va jismoniy holati yuqori bo'lgan futbolchilarga ko'proq ishonch bildirmoqda.

Braziliya terma jamoasining yakuniy ro'yxati yaqin kunlarda rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN