

Futbolchi Fransiyaga qarshi o'yindan (1:2) keyin paydo bo'lgan son og'rig'i tufayli milliy terma jamoa mashg'ulotlarida qatnashmadi. Juma, 27 mart kuni Vinisius tibbiy ko'rikdan o'tdi, natijada jiddiy jarohat aniqlanmadi, ammo uning bo'lajak o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida qolmoqda.
Braziliya va Xorvatiya o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini 1 aprel kuni Orlandoda bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 5:00 da boshlanadi.
Avvalroq Vinisius Junior "Real"ning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi sifatida etirof qilingan edi.



