"Milan" 40 yoshli Modrichga yangi shartnoma taklif qiladi

Sherzod Nurmatov
16 fev 2026
"Milan" yarim himoyachi Luka Modrich bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Xorvatiyalik futbolchining 2026 yil yozda tugaydigan shartnomasida yana 1 yilga uzaytirish imkoniyati mavjud.

Klub rahbariyati Modrichning tajribasi va yetakchilik sifatlarini yuqori baholamoqda, undan yosh futbolchilarga ustozlik qilish va A Seriya hamda Yevropa musobaqalarida muhim o'yinlarda jamoaga yordam berishni kutmoqda. 40 yoshiga qaramay, o'yinchi barqaror o'yin namoyish etishda davom etmoqda va jamoa natijalariga sezilarli ta’sir ko'rsatmoqda.

"Calciomercato" ma'lumotiga ko'ra, Modrich agar faoliyatini davom ettirishga tayyor bo'lsa, "rossoneri" taklifini ko'rib chiqadi. U joriy mavsum barcha turnirlarda 25 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato