

"Bild"ning xabar berishicha, madridliklar "Bavariya" vingeri Maykl Olisega qiziqish bildirmoqda. "Qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres fransiyalik o'yinchiga yuqori baho beradi va uni qo'lga kiritish uchun katta summa - 160 mln evro taklif qilishga rozi.

Biroq "Bavariya" qishda Oliseni sotishni rejalashtirmayapti. U Myunxen klubida ikkinchi mavsumini o'tkazmoqda. Shu vaqt ichida Maykl 93 o'yinda ishtirok etib, 35 ta to'p kiritdi hamda 50 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.
"Bavariya"ning navbatdagi uchrashuvi 18 mart, chorshanba kuni Chempionlar Ligasi doirasida "Atalanta"ga qarshi o'tkaziladi. Maykl Olise esa sariq kartochkalari ortib ketgani uchun ushbu o'yinda ishtirok etmaydi.



