Rasman: Embolo "Monako" a'zosiga aylandi

Sherzod Nurmatov
16 iyul 2022, 20:30
"Borussiya" Myonxengladbax forvardi Brel Embolo faoliyatini Liga 1'da davom ettiradi.

"Monako" rasmiy sayti "Borussiya M" hujumchisi transferini e'lon qildi. Tomonlar 4 yillik shartnoma tuzishdi. Transfermarkt portaliga ko'ra, kelishuv summasi 12,5 million evroni tashkil qilgan.

Shveytsariyalik futbolchi 2019 yildan beri "Borussiya M"da o'ynab kelayotgandi. U Gladbax klubida 106 o'yinda qatnashib, 25 ta gol urgan va 20 ta golli pas uzatgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: asmonaco.com