"Barselona" "Al Ittihod" bilan bir hujumchi uchun kurashadi

Mirjalol Normatov
22 mar 2026
"Barselona" "Borussiya" D hujumchisi Seru Girassiga qiziqish bildirmoqda.

"Ko'k-anorranglilar" 30 yoshli forvard bilan muzokaralarga kirishishga harakat qilmoqda.

"Alyaum" ma'lumotiga ko'ra, gvineyalikning transferi bo'yicha "Al Ittihod" ham ish olib bormoqda va uni Karim Benzemaning o'rnida o'ynaydigan hujumchi sifatida ko'rmoqda. Girassi esa ushbu mavsumdan keyin Dortmund jamoasidan kyetishga tayyor turibdi.

Forvard ushbu mavsumda barcha turnirlarda 39 o'yinda qatnashib, 18 gol va 6 assist qayd etdi. Uning klubi bilan kelishuvi 2028 yil yoziga qadar davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Alyaum