"Borussiya" a'zosi "Manchester Siti"ga qaytmaydi

Sherzod Nurmatov
12 mar 2026
Dortmundning "Borussiya"si uzoq muddatli istiqbol uchun o'z poziciyalarini mustahkamlashda davom etmoqda.

Dortmund klubi nemis yarim himoyachisi Feliks Nmecha bilan shartnoma uzaytirilganini rasman e'lon qildi. Futbolchi "qora-sariqlar" bilan 4 yillik kelishuvni imzoladi.

Qayd etish joiz, 2023 yilda "Volfsburg"dan "Borussiya"ga o'tgan Nmecha moslashuv davridagi qiyinchiliklar va jarohatlarni engib o'tib, asosiy tarkibning muhim futbolchisi sifatida o'zini ko'rsata oldi. U, shuningdek, Germaniya terma jamoasiga muntazam chaqiruv olib turibdi.

25 yoshli o'yinchi joriy mavsum  "Borussiya" safida 38 o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.

Eslatib o'tamiz, Nmecha "Manchester Siti" akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com