Rasman: "Bunyodkor" legioner hujumchi transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
29 iyul 2025
Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi chernogoriyalik forvard Matiya Krivokapichni safiga qo'shib oldi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Transfer detallari haqida hech qanday ma'lumot taqdim etilmadi.

22 yoshli futbolchi so'nggi bor Vengriyaning "Dor" jamoasida o'ynagandi. U faoliyati davomida jami 83 uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 22 ta gol va 5 ta golli uzatma bor.

Transfermarkt portali uni 150 ming evroga baholagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати