

Mezbonlar safida o'zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 81-daqiqada zaxiraga olindi. Shomurodov 9 va 40-daqiqalarda gol urgan holda dubl qayd etdi.
Sofascore nashri Shomurodovning harakatlariga 8,7 baho qo'ydi. Biroq ushbu uchrashuvda uchta gol o'tkazib yuborgan mehmonlar darvozaboni 8,9 baho bilan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.




