Sofascore. Shomurodov kechagi bahs uchun necha bahoga loyiq ko'rildi?

Khoja
19 mar 2026
Turkiya Superligasining 27-turi doirasida "Istanbul Bashakshexir" hamda "Antalyaspor" jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi.

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov bahsni asosiy tarkibda boshladi va 79-daqiqada zaxiraga olindi. Milliy jamoaning yana bir vakili Abbosbek Fayzullaev bahs qaydnomasiga kiritilmadi. Uchrashuv gollarsiz yakun topdi.

Sofascore nashri hujumchimizning harakatlariga 6,3 baho qo'ydi.


KhojaMuallif
Manba: sofascore.com