Superliga. "Navbahor" o'z maydonida "Surxon"ni mag'lub etdi

Оқил Абдубарноев
12 apr 2026
Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Navbahor" – "Surxon" uchrashuvi yakunlandi.

Superliga. 7-tur

"Navbahor" – "Surxon" 2:0

Bosh hakam: Akobirxo'ja Shukurullaev

Yordamchi hakamlar: Oybek Boboev, Atham Sunnatov

Zaxira hakami: Alisher To'xtasinov

VAR: Asker Najafaliev

AVAR: Kristina Sereda

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

Komissar: Mamur Sultonov

Gollar: 1:0 – 26, Aleks Fernandes (Saidazamat Mirsaidov), 2:0 – 78, Vanya Ilich (Ruslanbek Jiyanov)

🟦"Navbahor": 1. O'tkir Yusupov, 2. Saidazamat Mirsaidov, 34. Giorgi Jgerenaya, 22. Umar Adhamzoda, 4. Islombek Mamatkazin, 7. Ruslanbek Jiyanov, 20. Quvondiq Ro'ziev (13. Benjamin Teidi, 57), 6. Shohruhbek Abdurahmonov (8. Diyor Xolmatov, 57), 97. Aleks Fernandes (70. Abbos G'ulomov, 89), 23. Vanya Ilich (10. Shohmalik Komilov, 83), 28. Katulondi Kati (77. Muhammadali Usmonov, 57)

Zaxira: 18. Isoxon Musoxonov, 16. Shukron Yo'ldoshev, 3. Zafarbek Rahimjonov, 5. Dilshodjon Komilov.

🟨"Surxon": 86. Davron Merganov (1. Artyom Potapov, 45+3), 4. Nodirxon Nematxonov, 6. Behzod Shamsiev, 22. Javohir Jo'raev (2. Behruzjon Karimov, 46 (66. Behruz Shaydulov, 66)), 5. Jamalidin Xodjaniyazov, 7. Doston Tursunov, 26. Behruz Shukurullaev, 17. Sarvar Abduhamidov, 21. Tornike Dzebniauri (8. Humoyun Sherbo'taev, 46), 19. Farruhjon Qodirov (9. Stefan Chinedu, 46), 11. Richard Fraydey.

Zaxira: 77. Asadbek Karimov, 18. Behruz O'ktamov, 14. Tohirjon Ashuboev, 10. Sunnatulla Abdullajonov.

Ogohlantirishlar: Katulondi Kati (45), Jamalidin Xodjaniyazov (86)

O'yin yakunlandi.

90+4. “Surxon”da yana bir qulay imkoniyat yuzaga keldi, oxirgi uzatmaga Chinedu eta olmadi.

90+2. Tursunovning zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shildi.

89. “Navbahor”da o'zgarish.

88. Hakam vaziyatni VAR orqali ko'rib chiqdi va qarorini o'zgartirmadi. U so'nggi umid folini ko'rib chiqqandi.

86. Jiyanovni raqib jarima maydoni qo'pollik bilan to'xtatgan Xodjaniyazov ogohlantirildi.

83. “Navbahor”da o'zgarish.

Gol VAR orqali tekshirildi va inobatga olindi.

78. GOL! "Navbahor" hisobni ishonchli ko'rinishga keltirdi! 2:0! Jiyanovning pasidan so'ng Vanya Ilich o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi!

IMG_20260412_175249.jpg

75. Zarba! Usmonovning aylanma zarbasini Potapov qaytardi.

72. Zarba! Usmonov tepgan to'pni Potapov ikkinchi urinishda egalladi.

69. Zarba! Ilichning yana bir urinishi noaniq ko'rinish oldi.

66. “Surxon”da o'zgarish.

64. "Surxon"da ikkinchi majburiy o'zgarish bo'ladi: ikkinchi bo'lim boshida maydonga tushgan Behruz Karimov o'yinni davom ettira olmasligi ma'lum bo'ldi. Shundan so'ng beshta almashtirishdan foydalanib bo'lgan termizliklarda boshqa imkoniyat qolmaydi.

64. Zarba! Mirsaidovning uzatasidan so'ng Jiyanov bosh bilan zarba yo'lladi, noaniq.

61. "Surxon"ning standartdan uzatmasini Jgerenaya bartaraf etdi.

57. “Navbahor”da uch o'zgarish.

56. "Navbahor"da qulay o'ta imkoniyat yuzaga kelgandi, so'nggi lahzada Shukurullaev ishonchli harakat qildi. Bundan tashqari, o'yindan tashqari holat ham qayd etilibdi.

55. Zarba! Ilich tomonidan raqib jarima maydoni yaqinidan yo'llangan zarbaga aniqlik yetishmadi.

53. Fraydeyning chap qanotdan uzatmasini Chinedu bosh bilan raqib darvozasiga to'g'rilashga urindi, aniqlik yetishmadi.

51. Ro'ziev raqib futbolchisiga nisbatan qaltis o'yin namoyish etdi.

49. Sherbo'taev hakamni nishonga oldi va uni to'p bilan yiqitdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. “Surxon”da birato'la uch o'zgarish.

Taym yakunlandi.

45+4. Yusupov Adhamzodadan to'pni qabul qilishda qiyinlikka duch keldi, oqibatda to'p “Navbahor”dan maydonni tark etdi.

45+3. Majburiy o'zgarish. Merganov o'yinni davom ettira olmaydi. Potapov maydonga tushdi.

1000128416.jpg

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi.

45. Merganov raqib hujumini qaytarishda raqib bilan to'qnashib ketdi. Kati sariq kartochka bilan jazolandi.

43. Jiyanovning raqib jarima maydonida chap oyoqda yo'llagan zarbasiga Nematxonov to'sqinlik qildi.

41. Zarba! Xodjaniyazov "Navbahor"ning ketma-ket ikki zarbasi yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

35. Zarba! Xodjaniyazovning xatoasidan so'ng Jiyanov qulay vaziyatda aniq zarba yo'llay olmadi.

31. Chap qanotdan "Surxon" jarima maydoniga oshirilgan uzatma xavfli tus oldi, ammo Jiyanovga zarba berish imkoni berilmadi.

29. Jiyanovga tibbiy yordam ko'rsatildi.

26. GOL! Aleks Fernandes hisobni ochdi! Kombinacion hjum natijasida Mirsaidovning jarima maydoniga uzatmasini braziliyalik futbolchi to'xtatmasdan darvoza to'riga joyladi!

1000128315.jpg

24. Tursunovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. U Ilich bilan to'qnashib ketdi.

19. Jiyanov raqib jarima maydonida darvozabon bilan birga-bir vaziyatda uni aldashga urindi, Merganov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

17. Kati hujumda fol ishlatdi.

12. Zarba! Fraydeyning chap oyoqda yo'llagan zarbasini Yusupov qiyinchilik bilan qaytardi.

11. Jiyanovning o'ng qanotdan uzatmasi hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi

8. Qodirov hujumda Yusupovga nisbatan fol ishlatdi.

5. Zarba! Mehmonlarning burchak uzatmasi Xodjaniyazovning zarbasi bilan yakunlandi, biroz noaniq.

2. Zarba! Abduhamidovning raqib jarima maydonida chap oyoqda yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.

1. Mehmonlar chap qanotdan jarima maydoniga uzatma amalga oshirdi, Yusupov o'z o'rnida.

1. O'yin boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqishdi. “Navbahor” ko'k, “Surxon” sariq liboslarda harakat qiladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia