Rasman: Boltaboev "Neftchi"ni tark etdi

Sherzod Nurmatov
17 iyul 2025, 17:10
Bu haqda Farg'ona klubi matbuot xizmati ma'lum qildi.

"Jamoamiz safiga mavsum avvalida kelib qo'shilgan va ko'plab muxlislar olqishiga sazovor bo'lgan tajribali himoyachi Jamshid Boltaboev jamoamiz bilan do'stona ravishda xayrlashdi", – deyiladi xabarda.

Avvalroq u "Navhabor"ga qaytayotgani haqida xabar bergan edik.

Ma'lumot uchun, Boltaboev birinchi davrada Superliga hamda O'zbekiston Kubogi uchrashuvlarining 14 tasida qatnashib, 2 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати