Superliga. "Neftchi" Urganchda ishonchli hisobda g'alaba qozondi

Sherzod Nurmatov
24 apr 2026, 20:55
Superliga 9-turidan joy olgan bahs poyoniga etdi.

Superliga

9-tur

"Xorazm" – "Neftchi" 0:2

Urganch. “Xorazm” sport majmuasi. 19:00

⚽️ Gollar: Stipe Perica 14’, Abror Ismoilov 64’

Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev

Yordamchi hakamlar: Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov

Zaxira hakami: Sevdiyor Xamraqulov

VAR: Doston Rahmonov

AVAR: Shohnur Yo'ldoshev

Nazoratchi: Olimjon Abduvasilov

Komissar: Oybek Davletmurodov

🔵 "Xorazm": 1.Mashhurjon Muhammadjonov, 5.Abbos Otaxonov, 8.Nodir Abduxoliqov (17.Danil Nugmanov, 80), 10.Yanis Leri, 13.Elzio Lohan (96.Rafael Sabino, 46), 15.Diyor Ortiqboev, 22.Sunnatulloh Hamidjonov, 25.Matiya Rom, 55.Azizbek Pirmuhammadov, 94.Rustam Abduhamidov (7.Temurbek Ismailov, 44), 97.Bubakar Traore (79.Azizjon Axrorov, 7).

Zaxira: 33.Nikola Stoshich, 6.Shohjahon Sultonmurodov, 9.Jasur Azimov, 11.Danila Ejov, 88.Abror Xo'sinov.

⚪️ "Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev (2.Izzatillo Po'latov, 72), 10.Jamshid Iskanderov (8.Vladimir Yovovich, 80), 11.Asilbek Jumaev (7.Abror Ismoilov, 60), 15.Nurmuhammad Abdug'aniev, 18.Stipe Perica (32.Zoran Marushich, 60), 21.Muhsin Ubaydullaev, 22.Alisher Odilov (9.Xurshid G'iyosov, 72), 23.Yovan Jokich, 34.Farruh Sayfiev, 77.Ratino.

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 5.Ikrom Aliboev, 20.Anvar G'ofurov, 30.Rustambek Fomin.

🟨 Ogohlantirish: Farruh Sayfiev (24).

🟥 Chetlatish: Izzatillo Po'latov (87).

MATNLI TRANSLYATSIYA

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. Yovovich darvozabon oldinga chiqib ketganidan foydalanib bo'sh qolgan darvozani poylashga urindi, ammo noaniq.

87. Po'latov Axrorovga nisbatan qo'pol harakat qilgani uchun chetlatildi. 🟥

84. Uuux! Yovovich ichkariga kirib borib, Marushichni pas bilan taminladi, uning zarbasidan keyin Rom yana zaoba yo'liga g'ov bo'ldi. 💥

81. Zarbaaa! Ortiqboevning kuchli zarbasidan so'ng Botirali Ergashev seyv namoyish qildi! 💥

80. “Neftchi”da o'zgarish: Iskanderov o'z o'rnini Yovovichga bo'shatib berdi.

80. “Xorazm”da almashtirish: Abduxoliqov o'rniga Nugmanov tushirildi.

79. Uuux! Marushichning zarbasidan keyin to'p darvozabonga tegib, darvozaga kirib ketayotgandi, biroq so'nggi pallada Rom katta sahnaga chiqib, jamoasini yirik hisobdan saqlab qoldi. 💥

77. Zarbaaa! Ismoilovning chap oyoqdagi kuchli zarbasi mo'ljalga aniq bormadi.

73. Zarba! Iskanderovning jarima zarbasidan yo'llagan zarbasi xavfli, biroq noaniq chiqdi.

72. “Neftchi”da 2 ta almashtirish: Yo'ldoshev o'rniga Po'latov, Odilov o'rniga G'iyosov tushirildi.

71. Yo'ldoshev uchun tez tibbiy yordam mashinasi chaqirilmoqda. Ko'rinishidan, jarohat jiddiyroq.

69. Ibrohimhalil Yo'ldoshevga tibbiy yordam zarurati sezildi. U sal avval qanotda “Xorazm” vakili bilan to'qnashib ketgandi.

67. Zarba! Lerining zarbasidan so'ng to'p yo'l-yo'lakay himoyachilarga tegib maydonni tark etdi.

64. GOL! Iskanderovning maydon markazidan turib oshirib bergan uzun pasidan keyin to'pni qabul qilib olgan Ismoilov kuchli zarbasi orqali hisobni oshirdi - 0:2! Fenomenal pas, qoyilmaqom zarba! ⚽️

62. Uuux! TemurbekIsmailovning yaqin masofadan bergan kuchli zarbasiga aniqlik yetishmadi.

61. Ergashev o'z vatqida darvozadan chiqib kelib to'pni uzoqlashtirdi, aks holda Leri to'pga ega chiqardi.

60. “Neftchi”da 2 ta o'zgarish: Jumaev o'rniga Ismoilov, Perica o'rniga Marushich uchrashuvni davom ettiradi.

58. Abdug'aniev Lerini elka bilan chetga surgan holda to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

57. Zarba! Ortiqboevning chap oyoqda olisdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

55. Hamidjonov qanotda Yo'ldoshevga nisbatan qoidani buzdi, standart vao'iyat.

52. Axrorov ichkariga yorib kirdi va yiqildi. Mezbonlar norozi, hakam esa o'yinni davom ettirish zarurligini buyurdi.

51. Perica Sabino bilan havodagi kurashda biroz jabrlandi.

50. Zarbaaa! Jarima maydonchasi ichiga yorib kirgan Axrorov chap oyoqda darvozani nishonga oldi, sal noaniq. 💥

48. Perica Odilovga pas berdi, vinger katta tezlikda oldinga ketayotganida Rom uni o'z vaqtida to'xtatib qolishga erishdi.

46, Ikkinchi taym boshlandi!

46. “Xorazm”da almashtirish: Lohan o'rniga Sabino maydonga tushdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob - 0:1. Tanaffus!

45+3. Uuux! Hamidjonovning bosh bilan bergan zarbasidan so'ng to'p Perica orqali farg'onaliklar darvozasiga kirib kyetishiga bir baxya qoldi. 💥

45. Birinchi taymga 4 daqiqa qo'shildi.

45. Zarbaaa! Ortiqboevning kuchli zarbasiga aniqlik yetishmadi.

44. “Xorazm”da o'zgarish: jarohatlangan Abduhamidov o'rniga Ismailov bahsni davom ettiradi.

43. Uuux! Iskanderovning uzun pasini qabul qilib olgan Odilov himoyachi va darvozabonni aldab o'tib, zarba berdi va Otaxonov jamoasini yaqqol goldan qutqarib qoldi. 💥

41. Abduhamidov tibbiy yordamga muhtojlik sezgan holda maydonda yotibdi.

37. Katta tezlikda hujumga intilayotgan Ratino Lohan tomonidan qoida buzish evaziga to'xtatib qolindi.

35. Zarba! Hamidjonovning yaqin masofadan bergan zarbasidan so'ng to'p himoyachiga tegib maydondan chiqib ketdi.

34. Jokichning havodan oshirib bergan to'pini Yo'ldoshev darvozaga yo'naltirishga harakat qildi, biroq qoidani buzdi.

33. Ortiqboev va Yo'ldoshev havodagi kurashda to'nashib ketdi, ularga tibbiy yordam ko'rsatildi.

31. “Xorazm” to'pga egalik qilgan holda hujum tashkil etishga urinmoqda.

28. Uuux! Perica zarba berdi, ammo himoyachi zarba yo'liga to'g'anoq bo'ldi. 💥

24. Abduhamidovning oyog'ini bosib olgan Sayfiev ogohlantirildi. 🟨

22. Iskanderovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin Odilov tepga yetib borolmadi.

20. Zarba! Ratinoning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini Abdug'aniev bosh bilan darvoza tomon yo'naltirdi, noaniq.

18. Abduxoliqov o'ng qanotdan oldinga borayotgan Jokichga nisbatan qoidani buzdi.

16. Qanot hakami ofsayd deya, bayroqchasini ko'tardi. Gol VAR orqali tekshirilmoqda.

14. GOL! Jumaevning zarbasidan so'ng Muhammadjonov zarbani qaytardi, qaytgan to'pni Perica darvozaga kiritdi - 0:1! ⚽️

13. Zarba! Odilovning aylanma zarbasini Muhammadjonov bartaraf etdi.

12. Ortiqboevning ichkariga uzatgan pasi ancha kuchli ko'rinish olgani uchun to'p maydonni tark etdi.

9. Iskanderovning Odilov tomon uzatgan uzun pasidan keyin Muhammadjonov to'pga ega chiqdi.

7. “Xorazm”da o'zgarish: Traore o'rniga Axrorov tushirildi.

6. Bubakar Traore maydonda yotibdi va o'zini noqulay his etmoqda. Aftidan, o'zgartirilsa kerak.

3. O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro va uning shtabi uchrashuvni bevosita stadionda tomosha qilmoqda.

1. Bahs boshlandi!


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia