🔥 UZ CORE SCOUT - analitik blok: "Xorazm" – "Neftchi" bahsi tahlili

Sherzod Nurmatov
25 apr 2026, 19:20
Superliganing 9-tur uchrashuvida "Neftchi" safarda ishonchli natija qayd etdi (2:0).
1.jpg

14-daqiqada urilgan tezkor gol o'yin dinamikasini to'liq mehmonlar foydasiga burib yubordi. Hisobda oldinga chiqqan “Neftchi” o'rta va past blokda kompakt himoyani yo'lga qo'yib, markaziy zonalarni samarali yopdi va “Xorazm”ning pozicion hujumlarini xavfli fazaga chiqishiga yo'l qo'ymadi.

2.jpg

64-daqiqadagi ikkinchi gol esa mehmonlarning o'yinni boshqarish va vaziyatni pragmatik nazorat qilish modeli samara berganini tasdiqladi. Kam hajmli, ammo yuqori samarali hujum fazalari natijani hal qildi.

3.jpg4.jpg

“Xorazm” tomonidan hududiy ustunlik va to'p nazorati kuzatildi, biroq final uchinchida vertikal progressiya, qaror qabul qilish sifati va yakuniy paslar etarli darajada emasdi. Shu sababli hujumiy bosim real golli vaziyatlarga aylanmadi.

5.jpg6.jpg7.jpg

87-daqiqadagi qizil kartochka natijaga ta’sir qilmasa-da, “Neftchi” uchun intizom va emocional nazorat bo'yicha alohida analitik signal sifatida qayd etildi.

10.jpg

📌 Qisqa xulosa:

“Xorazm” o'yin hududini nazorat qildi, ammo “Neftchi” o'yin natijasini nazorat qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia