

Unda yangi mavsum uchun kvotalar taqsimoti tasdiqlandi. O'zbekistonga qo'shimcha bitta kvota berildi.
Endi O'zbekiston chempioni "Neftchi" klubi to'g'ridan-to'g'ri Elit OCHL asosiy bosqichida ishtirok etadi. O'zbekiston Kubogi sohibi "Paxtakor" Elit OCHL saralash bosqichida qatnashadi. Superliga bronza medali sohibi "Nasaf" esa OCHL 2 guruh bosqichida ishtirok etadi.
Ma'lumot o'rnida, Professional futbol qo'mitasi rahbari "Manchester Yunayted" va Koreya terma jamoasi sobiq futbolchisi Park Ji Sun, O'zbekiston PFL rahbari Diyor Imomxo'jaev esa ushbu qo'mita a'zolaridan biri hisoblanadi.




