Tantashev Elit OCHL finaliga tayinlandi

Sherzod Nurmatov
23 apr 2026, 15:05
O'zbekistonlik hakamlar Elit Chempionlar Ligasi finalida ishlaydi.

25 aprel kuni Elit Chempionlar Ligasining final uchrashuvi bo'lib o'tadi. Unda Saudiya Arabistonining “Al Ahli” hamda Yaponiyaning “Machida” jamoalari o'zaro to'qnash keladi.

Mazkur bellashuvni o'zbekistonlik hakamlar jamoasi boshqarib boradi.

Uchrashuvda Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida, Andrey Sapenko yordamchi hakam sifatida ishlaydi. Shuningdek, Firdavs Norsafarov AVAR sifatida faoliyat olib boradi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази