Rasman: Bektemir Abdumannonov - "Dinamo" futbolchisi

Sherzod Nurmatov
19 yanv 2026
Klub matbuot xizmati mavsum oldidan Superliganing eng iqtidorli yarim himoyachilaridan biri Bektemir Abdumannonov rasman "Dinamo" futbolchisiga aylanganini ma'lum qildi.

"23 yoshli yarim himoyachi jamoamizning Dubaydagi yig'inida qatnashmoqda va kuni kecha "Dinamo" bilan 1 yillik shartnomaga imzo chekdi. Abdumannonov dastlab "Metallurg" va O'zbekiston yoshlar jamoalari safidagi o'yinlari bilan tanilgan bo'lsa, so'nggi uch mavsumni "Andijon" safida o'tkazdi. Xususan, 2025 yilgi mavsumda andijonliklar bilan Superligada 11-o'rinni egallagan bo'lsa-da, Superligadagi 30 o'yinda 4 ta gol va 8 ta assist qayd etgan", – deyiladi xabarda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати