

"Pozicion himoyalanishda hamma yaxshi o'ynadi. Biz to'pni ancha orqada qabul qilib oldik. Shu bois Cheran - Boake bog'lami birgalikda ish bermadi. "Snaryad" etkazib beruvchiga kelsak, tayanch yarim himoyamizda muammolar bor. Bizni tanyach yarim himoyadagi o'yin qoniqtirmayapti. Hujumni rivojlantirishda ham dinamika ko'rinmayapti. Gol o'tkazib yuborilgan vaziyatda to'liq himoyalanishga ulgurmadik. Sabablar ko'p, aytganimdek tahlil qilishimiz kerak. O'ylashimcha, vaziyat ham yarata olmadik, ancha orqada to'pni qabul qilib oldik va raqib darvozasi tomon 50-60 metr bosib o'tish oson bo'lmadi. "Nasaf" himoyada juda tartibli o'yin namoyish etdi, bu ham ularga qo'l keldi".



