Samvel Babayan Superkubokni kim oladi degan savolga javob berdi

Khoja
11 mar 2026
"Andijon" bosh murabbiyi O'zbekiston Superkubogida kim g'alaba qozonadi degan savolga javob berdi.

"Superkubokda kim yutadi? Ayni paytda O'zbekistonning ikkita eng kuchli klubi to'qnash keladi. Menda Paxtakor DNKsi bor, lekin bugungi kunda Neftchida mening tarbiyalanuvchilarim ko'proq. Chiroyli futbol bo'lsin va kuchli jamoa yutsin",  - deb javob bergan murabbiy.

Eslatib o'tamiz, Superkubok 15 mart kuni Andijonda bo'lib o'tadi. Unda "Neftchi" va "Paxtakor" o'zaro bahs olib boradi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia