Muhammadali Usmonov: "'Andijon'ga qarshi 200 foiz kuch bilan o'ynaymiz. Bir xil juft raqamlarda o'ynashimda hech qanday mano yo'q"

Оқил Абдубарноев
4 apr 2026
Superliganing 5-turi doirasida "Navbahor" - "Mashal" (2:1) uchrashuvidan keyin namanganliklar futbolchisi Muhammadali Usmonov o'z fikrlarini bildirdi.

– Adashmasam, bugun mavsumda ikkinchi marta asosiy tarkibda maydonga tushdingiz. O'yin haqida fikrlaringiz...

– Ishonch bildirgani uchun murabbiyga minnatdorchilik bildiraman. O'zimni maksimal ko'rsatishga harakat qilaman.

– "Mashal" darvozasiga urgan golingiz va assistingizda ham bir vaqtlar "Paxtakor"da bir o'ynagan jamoadoshlaringiz (Diyor Xolmatov va Umar Adhamzoda) ishtirok etdi. O'tmishda birga o'ynaganlaringiz hozir ham bir-birlaringizni tushunishda yordam beryapti deyish mumkinmi?

– Diyor va Umar aka bilan bir-birimizni yaxshi bilamiz. Lekin buni jamoaviy o'yin mahsuli degan bo'lardim.

– O'tgan turda "Qo'qon-1912"dan uchralgan mag'lubiyatdan qanday xulosa chiqarildi? Jamoa FIFA kunlaridagi tanaffusda ham OKMKga yutqazdi. Nazarimda, "Navbahor" ikkinchi raqamli jamoa sifatida ishonchli harakat qilmoqda.

– Bugungi o'yinda murabbiy shunday taktika tanladi. Pressing natijasida gol urishga erishdik. Menimcha, ishlanmalar o'xshadi.

– Golingizni kimga bag'ishladingiz?

– Otamga.

– Navbatdagi turda jamoani safarda "Andijon"ga qarshi o'tadigan vodiy derbisi kutib turibdi. O'zingiz Andijonda tug'ilganingizni va o'tgan mavsumning ikkinchi yarimini aynan "Andijon" tarkibida o'tkazganingizni hisobga olsak, bugungi ko'tarinki kayfiyat va ishonchli o'yiningiz sobiq jamoangizga qarshi bahs oldidan sizga qanday ruhiy ustunlik beradi? O'z shahringiz jamoasiga qarshi maydonga tushish sizda qo'shimcha hayajon uyg'otmaydimi?

– Bosim yo'q. Aksincha, motivaciya olib, 100 foiz emas, 200 foiz kuch bilan harakat qilamiz. G'alaba qozonishga harakat qilamiz.

– "Paxtakor"ga qarshi bahsda ham o'zgacha ishtiyoq bilan harakat qilgandingiz, bu safar ham sizdan shuni kutamiz...

– Bundan ham kuchliroq bo'laman.

– Muhammadali, "Navbahor" safida 77-raqamni tanladingiz, o'tgan mavsumda esa "Andijon"da 99-raqamda harakat qilgan edingiz. Futbolchilar uchun raqam tanlash odatda qandaydir o'ziga xos manoga ega bo'ladi. Bu sizga bir xil raqamlar yoqishidan darak beradimi? Mashinalarda ham uchta 777 raqami qimmatbaho hisoblanadi.

– 77-raqam o'zimga yoqqani uchun tanlaganman. Buning tagida hech qanday mano yo'q.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia