Oleg Zoteev: "Shunchaki omad yetishmayapti"

Aslanov Jasurbek
26 noya 2025
"Andijon" hamda "Arkadag'" o'rtasidagi OCHL-2ning 5-tur uchrashuvidan (1:1) so'ng mezbonlar vakili Oleg Zoteev intervyu berdi.

O'yin haqida: "O'yin bizning ssenariy ostida o'tdi. Bahsni to'liq nazorat qildik. Bitta qarshi hujumdan gol o'tkazib yubordik. Golimizni ofsayd deb hisoblashmadi. G'alaba uchun maydonga tushgandik, ammo omad yetishmadi. Lekin haliyam imkoniyat bor".

- Og'ir jarohatdan qaytdingiz, hozir o'zingizni qanday his qilyapsiz?

- Tiklanish yaxshi bo'ldi, 4 oyda safga qaytdim. Hech narsa bezovta qilayotgani yo'q.

- Jamoaning eng tajribali futbolchilaridansiz. "Andijon"ning natijalari yaxshi emas, murabbiy o'zgardi. Futbolchilarda bosim bormi?

- Bosim har doim bo'ladi. Shunchaki omad yetishmayapti. Oddiy vaziyatda xato qilib, gol o'tkazyapmiz. Buning ustiga asosiy darvozabonimiz jarohatda. U bo'lganida, balki hisob boshqacha bo'lardi.

- Superliga yakunlanishi bilan "Andijon" deyarli bir oy dam olishiga to'g'ri keladi, jamoaning rejalari qanday?

- Hozircha bu haqida menda ma'lumot yo'q.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia