Jamshid Iskanderov: "Hujumkor o'ynaymiz, lekin har bir raqibni hurmat qilamiz"

Iskandarov Abdulaziz
29 avg 2025
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov ertaga bo'lib o'tadigan O'monga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirdi.

"Yaxshi tayyorgarlik ko'rmoqdamiz, yigitlar ham sekin-asta qo'shilmoqda. Ertaga chiroyli o'yin ko'rsatib, muxlislarni xursand qilamiz. 

Milliy futbol markazidagi sharoitlar yaxshi. Bunday infratuzilma kerak deb o'ylayman. 

Mashg'ulot jarayonlarida 5 talik ham, 4 talik sxema ham qo'llanildi. Hujumkor o'ynaymiz, har bir raqibni hurmat qilish lozim. Yuz foiz tayyorgarlik ko'rib g'alaba uchun maydonga chiqamiz",- deydi Jamshid Iskanderov.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати