

Mart oyida O'zbekiston chempionatining 4 ta tur o'yinlari va Superkubok uchun bahsi bo'ldi. "Paxtakor" va "Neftchi" jamoalari mazkur 5 ta bahsning barida ishtirok etdilar.
Chempionatning dastlabki 4 ta turida farg'onaliklar raqib darvozasiga 12 ta gol urib faqatgina "Lokomotiv"dan bitta javob zarbasini oldilar. Uni ham "temiryo'lchilar" penaltidan urgan. Mart oyida laureatlar o'rtasida asosan ikki klub vakillari "Paxtakor" va "Neftchi" kurashishi aniq edi. "Neftchi"dan farqli poytaxtliklar o'z maydonida "Navbahor"ga imkoniyatni boy berdilar. Aynan shu uchinchi turdagi vodiy derbisida "Neftchi" andijonliklarni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi, 3:0. Mazkur bahsda Jamshid Iskanderov himoyaga yotib olgan "Andijon"ni bo'sh nuqtasini topa oldi va o'yin qahramoni bo'ldi. U 2 ta golli uzatmadan tashqari o'z hisobiga bitta gol ham yozib qo'ydi. "Lokomotiv"ga qarshi bahsning ikkinchi bo'limida maydonga chiqdi va durang bo'lib turgan o'yinda Pericaga burchakdan chiroyli to'p uzatishni amalga oshirib, jamoasining g'alabasiga munosib ulush qo'shdi.
Natijada bizning oy futbolchisi nominaciyasiga tanlovimiz - Jamshidbek Iskanderov!



