

Tadbirda jamoa yetakchisi Jamshid Iskanderov yangi murabbiy va qishda unga bo'lgan takliflar haqida fikr bildirdi.
- Bu yil yangi murabbiy ishlayapti. Uning qarashlari Levchenkodan farq qiladi. Mana shunga moslashib olishga taqvim "Neftchi"ga qulay keldimi?
Har bir murabbiyning o'zining uslubi, taktikasi bo'ladi. Biz professional futbolchilarmiz. Jamoaga qaysi murabbiy kelishidan qatiy nazar maydonga chiqib, kurashishimiz kerak. Biz murabbiyning ko'rsatmalarini bajarishimiz lozim deb o'ylayman. Xudoga shukur, barchasi yaxshi ketmoqda. Mashg'ulotda qattiq ishlamoqdamiz va umid qilamanki, chempionatda bu o'z so'zini aytadi.
- Qishda "Neftchi"dan kyetishingiz haqida ko'p gaplar tarqaldi. Bu rostligi necha foiz?
Haqiqatdan ham bunday gap-so'zlar bo'ldi. Biroq men o'tgan yili "Nefchi" bilan 1+1 ko'rinishdagi shartnomaga imzo chekkandim. Jamoa rahbariyati bilan kelishgan holda jamoada qolishga qaror qildim.



