90minutuz: Islom Ismoilov mart oyining eng yaxshi murabbiyi

Aslanov Jasurbek
1 apr 2026
Jamshid Iskanderov 3 va 4 - tur o'yinlari taqdirini hal qilgan bo'lsa, mavsumdagi ilk sovrin taqdirini Islombek Ismoilov va uning yordamchilari hal qildi.

Bugungi kunda terma jamoaning mahalliy chempionatda faoliyat olib borayotgan futbolchilari asosan "Paxtakor" va "Neftchi" tarkibida faoliyat olib borayotganligi Andijondagi Superkubok ahamiyatini ikki karra oshirgandi.

Mazkur o'yin uchun tanlangan to'g'ri taktika yakunda tablodagi hisobda aks etdi. Agar Sizning safingizda zaxira uzun bo'lsa, bu Sizga maza degani emas. Eng qiyin vaziyat hozir aslida Islombek Ismoilov va Kamoliddin Tojievda. Sening zaxirangda ham yulduz o'yinchilar bor, ammo ular maydonga tushmaydi. Mana shunday vaziyatda murabbiy uchun muxlislar bilmagan boshqa muammolar paydo bo'ladi, zaxirada o'tiradiganlarga, zaxiradan o'tirishni tushuntira olish. Hozircha bu ikki klub bu vazifani eplay olyaptilar. "Neftchi"dagi vaziyatga qaraydigan bo'lsak, Marushich 4 ta, Sayfiev, G'iyosov, Rotino 3 ta o'yinda zaxiradan maydonga tushganini ko'ramiz. Bu futbolchilar istagan boshqa klubning asosiy tarkibida faoliyat olib boradigan nomlar aslida.

"Lokomotiv"ga qarshi kechgan o'yin taqdirini ham aynan zaxiradan tushgan nomlar tufayli amalga oshirilganini o'yinda ko'rdik. Shunday ekan oy murabbiyi - Islombek Ismoilov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia