

Mutaxassis startni mezbon sifatida boshlash ustunligini va taqvim haqida ham gapirdi.
"Nima ham deyish mumkin, chempionat boshida barcha jamoalar bir xil bo'ladi. O'ylaymanki, bu yil kurash qattiq kechadi. Boz ustiga, aprel oyidagi zich taqvimni ham aytib o'tish kerak. Har qanday holatda ham qiziqarli chempionat guvohiga aylanamiz.
Albatta, mavsumni uyda boshlash safardagiga qaraganda bir muncha ustunlik beradi. Har bir o'yinga jiddiy qaraymiz va g'alaba uchun maydonga chiqamiz", – deydi Jamshid Saidov.



