“Lokomotiv” “Xorazm” bilan bellashuvni qayerda qabul qilishini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
3 apr 2026
Ma'lum qilinishicha, jamoaning Superliga 6-turidan o'rin olgan "Xorazm"ga qarshi uchrashuvi "Olimpiya" stadionida o'tkaziladi.

“Superliganing 6-turi doirasidagi "Lokomotiv" - "Xorazm" bahsi 7 aprel kuni soat 17:00 da "Olimpiya" stadionida start oladi”, – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Avvalroq Championat.asia saytida aynan shu mavzuga doir “O'FA uchun Superliga o'gay o'g'ilmi yoxud "Lokomotiv" nega sarson bo'lmoqda?” nomi ostida maqol chop etilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати