

- Bugungi o'yin qanchalik ahamiyatga ega edi?
- O'yindan oldin jadvalni ko'rdik. Ikkala jamoada bir xil ochko edi. Qaysidir manoda buni oltin ochkolar desak ham bo'ladi. Shu sababli g'alaba uchun harakat qildik. Shukurki, barchasi yaxshi bo'ldi.
- Bugun "Bunyodkor" ikki standart evaziga g'alabaga erishdi. Bunga murabbiy tomonidan alohida ko'rsatmalar berilganmidi?
- Faqat bizda emas, barcha jamoalarda bo'lsa kerak standartlar ustida ishlash. Albatta biz ham standartlar ustida ishlaymiz. Buni endi qaysidir manoda tasodif desa ham bo'ladi. Ushbu vaziyatlardan gollar urganimiz yaxshi bo'ldi.
- Moliyaviy muammolar sababli Itsuki Urata jamoadan ketgani ma'lum bo'ldi. Bu muammolar jamoaning boshqa futbolchilariga ta’sir o'tkazmayaptimi?
- Albatta, qaysidir manoda ta’sir qiladi. Chunki barchaning oilasi bor. Itsuki Urataning qarorini hurmat qilamiz. Uning ham o'ziga yarasha rejalari bo'lgan bo'lishi mumkin. U haqida ma'lumotlar bilmaymiz. Gaplashmadik va aloqaga chiqmadik. Uning kyetishi jamoaga ta’sir qilmaydi. Bu o'tkinchi narsalar. Barchasi iziga tushib ketadi.
- "Bunyodkor"ning ushbu mavsum Kubok va Superligadagi maqsadi qanday?
- Maqsad - iloji boricha muxlislarni xursand qilish. O'tgan yili kuchli beshlikka kirgandik. Bu yili esa muxlislar bundan ko'prog'ini kutishyapti. Buyog'ini vaqt ko'rsatadi. Tarkibda yaxshi yoshlar bor. Iloji boricha tepa o'rinlarni egallashga harakat qilamiz.
- Bugun Kubok guruh bosqichiga qur'a tashlandi. Raqiblar haqida nimalar deya olasiz?
- Ikki raqib biz uchun noma'lum. "Qizilqum"ni bilamiz. Albatta, ular bilan o'ynash qiziq bo'ladi. "Bunyodkor"da ham kubokda guruhdan chiqish vazifasi bor. Shu sababli yaxshi o'rinlarni olib, uzoqroqqa borishga harakat qilamiz.
- Bugun jamoa ishonchli hisobda g'alabaga erishdi. Biroq gollarni himoyachilar urdi. Bu hujumchilarga etirozlar keltirib chiqarmaydimi?
- Yo'q, bu jamoa deyiladi. Hujumchilar ham kerak bo'lsa, himoyachilarga yordam berishdi. Bunday paytda kimning gol urishi muhim emas. Muhimi jamoaning g'alabasi.
- Bugungi uchrashuvda bosh murabbiy Sizga qanday vazifalar bergandi va uni qanchalik bajara oldingiz? Bugun o'zingiz uchun yaxshi o'yin namoyish etdim, deb o'ylaysizmi?
- Yo'q, unday emas. Futbolchi doimo maksimal vazifani oldiga qo'yishi kerak. Bugun biz o'ylagan barchasi amalga oshdi. Himoyachilarning asosiy vazifasi - gol o'tkazmaslik. Agar gol o'tkazmasak, bir ochko bor degani. Hujumda gol urdik va g'alabaga erishdik. Bu yoqimli holat. Gol ursak, keyingi o'yinlarga ham yaxshi kayfiyat bag'ishlaydi.



