Baxtiyor Qosimov: "O'z maydonimizda "Dinamo" ilk mag'lubiyatini qabul qilib oladi"

Оқил Абдубарноев
23 iyun 2025
Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar yarim himoyachisi Baxtiyor Qosimov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Qiyin o'yin bo'ldi. Bugungi mag'lubiyatga kubok doirasida "Bunyodkor"ga qarshi 120 daqiqalik bellashuv ham sabab bo'ldi. Oradan ko'p vaqt o'tmadi. Qolaversa, jarohat olgan futbolchilar nihoyatda ko'p.

Endi navbatdagi o'yinga hozirlik ko'ramiz. Nasib etsa, o'z maydonimizda "Dinamo" ilk mag'lubiyatini qabul qilib oladi", dedi 29 yoshli futbolchi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia