"Bavariya" vingeri "Barsa"ga o'tishi mumkin – muzokaralar davom etmoqda

Sherzod Nurmatov
14 iyul 2025
Ispaniyaning "Barselona" jamoasi tarkibini "Bavariya" vingeri Brayan Saragosa bilan kuchaytirmoqchi.

Kataloniya klubi vakillari ayni paytda futbolchi bilan klubga o'tish borasida gaplashib, shaxsiy shartnoma shartlarini kelishmoqda, deb xabar beradi taniqli jurnalist Edu Agirre.

"Bavariya" Saragosani 2024 yilning yozida "Granada"dan 13 million evro evaziga sotib olgan va "Osasuna"ga ijaraga berib yuborgandi. U o'sha jamoa yetakchisiga aylanib, Ispaniya terma jamoasiga chaqirila boshladi.

23 yoshli futbolchi o'tgan mavsum Ispaniya chempionatida 27 o'yinda qatnashib, 1 ta gol urgan va 6 ta golli pas uzatgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Barca Universal