"Barselona" PSJ futbolchisi uchun 70 mln evro to'lashiga to'g'ri keladi

Sherzod Nurmatov
26 fev 2026
Vinger Bredli Barkolya bu yozda PSJni tark etishi mumkin.

Bu haqda "L'Equipe" xabar berdi.

Manbaga ko'ra, parijliklar futbolchisini sotish variantini istisno qilmayapti. O'yinchi atrofidagi vaziyatni "Barselona" kuzatib bormoqda. PSJ Barkolyani 70 mln evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.

Barkolya 2023 yildan beri parijliklar safida o'ynab kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe