

Avvalroq fransiyalik futbolchi Kilian Mbappening Yevropa Chempionlar ligasi doirasidagi "Real Sosedad"ga qarshi o'yin davomida 100 metr masofani 10,90 soniyada bosib o'tgani internet foydalanuvchilari orasida muhokamalarga sabab bo'lgandi.
Parijliklar yetakchisi ushbu masofada jahon rekordi sohibi Useyn Boltdan 1,4 soniya (yamaykalik sprinter 9,58 soniyada ushbu masofani bosib o'tgan) ortda qolgandi.
Bolt esa Mbappening ushbu natijasini tahsinga sazovor deb atadi: “Bunday natijaga erishish qiyin. Odamlar buni oson deb o'ylashi mumkin. Ammo u o'ziga xos istedodga ega. Mbappe juda tez. To'p bilan ham shu zaylda harakatlana oladi”.
37 yoshli sprinter "100 metr masofadan iborat poygada hozir ham uni ortda qoldira olasizmi?" degan savolga "Ha, men uni mag'lub eta olaman", deya javob qaytargan.
Fransiya Olimpiya terma jamoasi murabbiyi Terri Anri Mbappeni Parij Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishini xohlayotganini aytgandi.



