"Messi va Ronaldu qila olmagan ishlarni qilgan!" - Ferdinand Neymarni himoya qildi

Aslanov Jasurbek
25 mar 2026
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Rio Ferdinand Ueyn Runining Neymar haqidagi tanqidiy fikrlariga qo'shilmasligini bildirdi.

Avvalroq Runi braziliyalik yulduzni hech qachon top-darajadagi o'yinchi bo'lmagan deb atagan edi. Ferdinand esa o'z podkastida bunga etiroz bildirdi. "Neymar dunyodagi boshqa hech bir futbolchi qila olmaydigan ishlarni bajarardi. Men hatto Messi va Ronalduni nazarda tutyapman - u shunday narsalarga qodir ediki, ular buni takrorlay olishmasdi", - dedi Rio.

"Uning faoliyatida shunday davr bo'lganki, unga qarab: "Mana, taxt vorisi!" deb o'ylardingiz. Ayniqsa, "Barselona"dagi faoliyatining ma'lum bir bosqichida u bunga juda yaqin kelgan edi", - deya qo'shimcha qildi sobiq himoyachi.

Eslatib o'tamiz, Neymar "Barselona" safida Messi va Suares bilan birgalikda afsonaviy "MSN" triosini tashkil etgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca