Ueyn Runi Jud Bellingem haqida fikr bildirdi

Khoja
20 dek 2025
"Manchester Yunayted" afsonasi Ueyn Runi "Real Madrid" yarim himoyachisi Jud Bellingem haqida fikr bildirdi.

"Men 16 yoshida Judga qarshi o'ynaganman. Men "Derbi"da, u "Birmingem"da to'p tepgan va u menga qarshi personal o'ynagan.

Men yarim himoyada pastroqqa tushib o'ynardim va o'yinni nazorat qilardim. U esa menga qarshi personal o'ynashga intilgan. Shu sabab men uni ko'proq qanotga olib ketardim va bu narsa unga yoqmagan.

Undagi menga yoqadigan jihat shu bo'lgan-ki, men unga podkat tashlasam, u ham menga xuddi menikidek podkat tashlardi.

Yodimda, o'yindan keyin "U uzoqqa boradi" degan edim. Lekin, men undan hozirgi darajasigacha yetib kelishini kutmaganman. Judda nimanidir xohlaydigan va o'zgacha mentalitetga ega futbolchi namoyon bo'ladi. U har bir o'yinning har bir daqiqasida o'ynashni xohlaydi".


KhojaMuallif
Manba: @qosimovt