Sud-tibbiy eksperti Maradonaning o'limi haqida yangi ma'lumotni e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
28 mar 2025
Diego Maradonaning vafoti sabablarini tekshirishda qatnashgan sud-tibbiy eksperti Karlos Maurisio Kassinelli mashhur futbolchining sog'lig'i to'g'risida yangi ma'lumotlarni ochiqladi.

Uning aytishicha, chempionning yuragi 503 gramm og'irlikda bo'lib, bu katta yoshli odam uchun meyordan deyarli ikki barobar ko'p. Yurak butunlay yog' bilan qoplangani yurak-qon tomir tizimida jiddiy muammolar borligidan dalolat bergan.

"Yuragida tromb paydo bo'lgan, bu uning o'limidan oldin agoniyada bo'lganini ko'rsatadi. Bunday qon laxtalari faqat shunday holatlarda hosil bo'ladi. U taxminan 12 soat davomida azoblangan bo'lishi mumkin", – dedi Kassinelli.

Dastlab uning o'limiga yurak to'xtashi sabab bo'lgani aytilgan, ammo murdani yorib tekshirganda u o'tkir o'pka shishi va surunkali yurak yetishmovchiligidan vafot etgani aniqlangan.

Avvalroq Maradonaning o'g'li otasini shifokorlar o'ldirganini aytgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Metro.co.uk