

Yarim himoyachi Sirojiddin Qo'ziev Malayziyaning "Kuching Siti" klubiga transfer qilindi.
Ma'lumot uchun, Sirojiddin Qo'ziev mavsum davomida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol muallifiga aylandi va 1 golga assistentlik qildi.
Avvalroq yarim himoyachi Malayziya klubiga o'tayotgani, shuningdek, "Neftchi" bir qator futbolchilar bilan xayrlashganini ma'lum qilgan edik.



