Simone Inzagi "Oltin to'p"ni kim olishi kerakligini aytdi

Mirjalol Normatov
27 may 2025
"Inter" bosh murabbiyi Simone Inzagining fikriga ko'ra, shogirdi Lautaro Martines "Oltin to'p"ni olishi kerak.

"Lautaroni "Oltin to'p"ga loyiq deb hisoblayman - o'tgan yillar davomida u bu uchun barcha ishlarni qildi. Shanba kuni "Inter" qanday natija qayd etishidan qatiy nazar, aqlbovar qilmas futbolchi va inson bo'lib qoladi", - dedi Inzagi.

Shanba kuni "Inter" YCHL finalida PSJga qarshi o'ynaydi.

Lautaro 2018 yildan buyon "Inter" tarkibida o'ynab kelmoqda. Shu davr mobaynida u "Inter" uchun 150ta gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: alfredopedulla.com