Sherali Jo'raev qachon safga qaytadi?

Narzulla Saydullayev
12 sen 2021
“Qizilqum” yarim himoyachisi Sherali Jo'raev oxirgi uchrashuvlarda jamoa tarkibida ko'rinmay qoldi.

Buning sababini bilish istagida futbolchi bilan suhbatlashdik.

- Oxirgi uchrashuvlarda jamoa tarkibida ko'rinmay qoldingiz. Buning sababi nimada?


- Ko'zimda yuzaga kelgan muammo sababli, jarrohlik amaliyotini o'tkazdik. Hudoga shukur, hammasi muvaffaqiyatli o'tdi. Hozirda tiklanish jarayonidaman.

- Qachon mashg'ulotlarga qaytasiz?


- Shifokorlarning tavsiyasiga ko'ra, oktyabr oylarining boshlarida mashg'ulotlarga qaytishi mumkin.




- Muhim pallada jamoaga yordam bera olmayapsiz. Chetdan turib kuzatish oson kechmayotgandir?


- Albatta qiyin bo'lmoqda. Nachora, shunday jarohatlar ham bo'lib turarkan. Tez orada hammasi joyiga tushib ketadi va men jamoamga yana yordam berishni boshlayman.

- Joriy mavsumda “Qizilqum” o'z oldiga qanday maqsad qo'ygan?


- Maqsadimiz chempionatni sovrinli o'rinlarning birida tugatish hisoblanadi. Vazifani bajarish uchun oxirgi turlarga qadar kurashamiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia