

Superliga. 8-tur
"Surxon" - "Qizilqum" 0:1
Gollar: 81 - Shahzod Rahmatullaev
Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov
Yordamchi hakamlar: Elnur Doniyorov, Zufar Eliboev
Zaxira hakami: Dilshod Ahmedov
VAR: G'ayrat Jo'raev
AVAR: Maksim Nexochin
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Sherzod Rajabov
"Surxon": 25.Otabek Boymurodov, 4.Nodirxon Nematxonov, 6.Behzod Shamsiev, 7.Doston Tursunov, 9.Stiven Chinedu, 10.Sunnatulla Abdullajonov (77.Asadbek Karimov, 46’), 17.Sarvar Abduhamidov (18.Behruz O'ktamov, 85’), 21.Tornike Dzebniauri (19.Farruhjon Qodirov, 59’), 26.Behruz Shukurullaev, 27.Muhammadali Musaxonov (11.Richard Fraydey, 70’) 66.Behro'z Shaydulov (3.Behruz Jumatov, 85’).
Zaxira: 1.Artyom Potapov, 5.Jamalidin Xodjaniyazov, 8.Humoyun Sherbo'taev, 14.Tohirjon Ashurboev.
"Qizilqum": 1.Farhod Rahmatov, 7.Fayzullobek Jumanqo'ziev, 8.Shahzod Rahmatullaev (20.Bobomurod Bozorov, 90+2’), 9.Shahzod Turopov, 15.Nikola Kumburovich, 17.Akmal Muzaffarov (31.Jambuli Jigauri, 70’), 21.Muhammadaziz Ibrohimov, 23.Samandar Shukurullaev, 44.G'iyosjon Rizaqulov, 70.Shohruz Norxonov (11.Oleksey Shebetun, 62’), 77.Diyor Raxmatilloev.
Zaxira: 72.Jahongir Mamatqulov, 6.Murodali Usmonov, 14.Alisher Shukurov, 19.Ilhom Kenjaev, 30.Ozodbek Mo'ydinov, 71.Asadbek Baxshilloev.
Ogohlantirishlar: 7 - Tornike Dzebniauri, 13 - Behro'z Shaydulov, 26 - Behruz Shukurullaev, 53 - Behzod Shamsiev, 55 - Nodirxon Nematxonov, 84 - Shahzod Turopov, 90+3 - Asadbek Karimov, 90+3 - Bobomurod Bozorov
🕛 90+5. O'yin yakunlandi.
90+1. Maydonda ikki jamoa vakillari o'zaro bahslashib ketdi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.
90. Farrux Qodirovning bosh bilan bergan zarbasi ham xavfli bo'ldi…
89. Behruz O'ktamovning chamasi 25 metrlardan bergan zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi.
88. Rahmatullaev raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi, ammo yiqitilmadi.
83. Buyog'iga maydon egalari qanday harakat qiladi, javob bo'ladimi, kuzatamiz.
⚽️ 81. GOL! Shahzod Rahmatullaev hisobni ochdi! Muhammadaziz Ibrohimovdan super uzatma va Shahzodbek birga-bir vaziyatda yaxshi harakat qilib, gol urdi!
80. G'iyosjon Rizaqulovning bergan zarbasini Boymurodov qaytardi!
78. Fraydeyda yaxshi vaziyat yuzaga keldi, bergan zarbasi aniq bormadi darvozaga.
78. Uchrashuvni stadiondan turib bevosita 3984 nafar muxlis kuzatib bormoqda.
76. Navoiyliklar katta tezlikda qarshi hujumga o'tib ketdi, to'p raqib jarima maydonchasi markaziga keldi, ammo yakuniy zarbani beradigan futbolchi topilmadi…
71. “Qizilqum” faollikni oshirmoqda, jamoaning hujumlari xavfli tus olmoqda.
62. Yana bir zarba navoiyliklarda. Shahzod Rahmatullaevning tepgan to'pi noaniq bo'ldi.
60. Shahzod Turopovning darvoza tomon yo'llagan zarbasi aniq bo'ldi, Boymurodov to'pni ushlab oldi.
58. Dahshat vaziyat! Akmal Muzaffarov qiyinroq, ammo qulay vaziyatda darvozaga zarba berdi, biroq noaniq bo'ldi…
56. “Qizilqum” futbolchisi jarima zarbasidan to'pni raqib jarima maydonchasi ichiga uzatdi, ammo sheriklari ishonchsiz harakat qildi.
49. Shahzod Turopovning darvoza tomon yo'llagan zarbasi yo'l-yo'lakay “Surxon” vakiliga tegib, maydondan tashqariga chiqib ketdi.
🕘 46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+3. O'yinning dastlabki bo'limi yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
37. Ikki jamoa uyushtirgan kamsonli hujumlardan so'ng o'yin yana maydon markazida davom etmoqda.
29. O'yin davom etdi. Akmal Muzaffarov darvozaga zarba berdi, Boymurodov jamoasini muqarrar goldan qutqardi!
29. Holat VAR orqali ko'rilmoqda. Ehtimol, “Surxon” futbolchisining qo'liga to'p tepgan bo'lishi mumkin.
28. Shahzod Rahmatullaevning jarima zarbasidan tepgan to'pi “jonli devor”dan o'tmadi.
24. “Qizilqum” futbolchisi tezlikda oldinga yurish qildi, bir futbolchidan o'tdi, ikkinchisidan o'tayotganda to'pni uzoqlashtirib yubordi.
18. Behro'z Shaydulovning uzoqdan bergan zarbasi aniq bo'lmadi.
16. Maydon egalari oldinga ko'proq o'tmoqda, ammo ulardan samara chiqmayapti.
11. Dostonbek Tursunov uzoqdan yo'llagan zarbasi kuchsiz chiqdi, to'pni darvozabon ushlab oldi.
5. Bahs asosan maydon markazida kechmoqda, hozircha aytarli vaziyat ko'rmadik.
🕛 1. O'yin boshlandi.
⚽️ Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Superliga 8-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Qizilqum" uchrashuvining matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.



