

"So'g'diyona" bilan o'tgan so'nggi o'yindan keyin bu bahs uchun tayyorgarlikka vaqtimiz juda kam edi. Qo'shimchasiga Surxondaryoga uzoq masofa bosib keldik. Raqibning kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rganib chiqqandik. Yigitlarimga rahmat aytaman. Ular bor kuchi bilan aytganlarimni to'liq bajarishdi, borlarini berib o'ynashdi. Sababini qilsak, Alloh doim yordam beradi. Bugun yigitlarim shu sababini qilishdi va o'yindan uch ochko oldik. Uzoq masofa bosib kelib, bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga ham minnatdorlik bildiraman. Oyning o'n beshi qorong'u bo'lsa, o'n beshi yorug' bo'ladi. Oldinda bizni g'alabalar kutyapti deb o'ylayman”, - dedi Akmal Rustamov.



