Rasman: Tornike Dzebniauri - "Surxon" futbolchisi

Mirjalol Normatov
9 yanv 2026, 21:20
"Surxon" matbuot xizmati ning transferini e'lon qildi.

"Jamoamiz safiga yangi legioner qo'shildi. Gruziyalik 26 yoshli tayanch yarim himoyachisi "Surxon" bilan 1+1 ko'rinishidagi shartnoma imzoladi. Qayd etish kerak, Tornike Dzebniauri "Surxon" tarixida ilk gruziyalik futbolchi bo'ldi.

Tornike Dzebniauri

Tug'ilgan sana: 27.11.1999 

Amplua: Tayanch yarim himoyachi

Fuqaroligi: Gruziya

O'ynagan klublari: "Lokomotiv" Tbilisi, Gruziya (2018-2023), "Saburtalo", Gruziya (2021, ijara asosida), "Jenis", Qozog'iston (2023), "Gareji", Gruziya (2024)

Shuningdek, Tornike Gruziya turli yoshlar terma jamoalar tarkibida o'ynagan. Futbol klubimiz nomidan Tornike Dzebniaurini qutlaymiz va unga Xush kelibsiz deymiz", - deb yoziladi klub bayonotida.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати