

Ulkan maqsadlarni ko'zlagan "Kattaqo'rg'on" tarkibini kuchaytirish ishlarini davom ettiryapti. Jamoaning Toshkentda o'tkazilayotgan o'quv-mashg'ulot yig'iniga "Qizilqum" yarim himoyachisi Davron Anvarov kelib qo'shildi. U "G'azalkent"ga qarshi o'yinda maydonga tushdi.
Ma'lumot uchun, Anvarov o'tgan mavsum Superligada 27 ta o'yinda maydonga tushdi. 24 yoshli to'ptepar elitada jami 100 ta bahs o'tkazgan. Transfermarket portali uning narxini 100 ming evroga baholagan.




