Rasman: "Paxtakor" Quvvatov qaytganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
5 yanv 2026
O'tgan mavsum "Qizilqum"da o'ynagan darvozabon Sanjar Quvvatov "Paxtakor" safiga qo'shildi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Tajribali darvozabon 2 yillik tanaffusdan so'ng yana jamoamiz safiga qaytdi. "Paxtakor" tarkibida 2019-23 yillar davomida 106 o'yinda maydonga tushgan Sanjar bilan bir yillik shartnomaga imzo chekildi. 

Quvvatov "Sherlar" tarkibida 5 marta O'zbekiston chempioni bo'lib, 2 martadan O'zbekiston Kubogi va Superkubogi, bir bor Liga Kubogini qo'lga kiritgan", – deyiladi xabarda.

Championat.asia sayti ushbu transfer haqida 16 dekabr kuni xabar bergan edi, 5 yanvarga kelib bu xabar o'z tasdig'ini topdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати