

O'zbekiston terma jamoasi 2 iyun kuni boshqa raqib bilan o'ynashi ma'lum bo'ldi. Ushbu FIFA kunida milliy jamoamiz O'zbekiston chempionatida to'p tepuvchi legionerlarga qarshi maydonga tushadi, ammo darvozani kim egallashi hozircha noma'lum. Chunki joriy mavsumdan boshlab milliy chempionatimizda chet ellik posbonlar darvozani qo'riqlamasligi haqida reglamentga o'zgartirish kiritilgan edi.



