Liga 1. PSJ o'z uyida "Lion"ga mag'lub bo'ldi

Liga 1 30-tur doirasidagi PSJ - "Lion" o'yini bo'lib o'tdi.

“Lion” hujumchisi Endrik 6-daqiqada, Afonso Moreyra 18-daqiqada gol urib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. PSJ forvardi Gonsalu Ramush 33-daqiqada penaltini golga aylantira olmadi. Faqatgina Xvicha Kvaratsxeliya 90+4 daqiqada parijliklarning yagona to'pini darvozaga kiritdi.

PSJ Fransiya chempionatida 28 o'yindan so'ng 63 ochko jamg'argan holda yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o'rinlarda 29 o'yindan so'ng 62 ochko jamg'argan “Lans”, 30 tadan o'yinda 54 ochkodan jamg'argan “Lill” va “Lion” bormoqda.


Manba: championat.asia