O'zbekiston terma jamoasiga raqib topildi!

Aslanov Jasurbek
31 may 2016
O'zbekiston futbol federatsiyasi rasmiy sayti bir necha daqiqa oldin Ekvatorial Gvineya bilan o'rtoqlik uchrashuvi afrikaliklar tomonidan bekor qilganini e'lon qildi.

O'zbekiston terma jamoasi 2 iyun kuni boshqa raqib bilan o'ynashi ma'lum bo'ldi. Ushbu FIFA kunida milliy jamoamiz O'zbekiston chempionatida to'p tepuvchi legionerlarga qarshi maydonga tushadi, ammo darvozani kim egallashi hozircha noma'lum. Chunki joriy mavsumdan boshlab milliy chempionatimizda chet ellik posbonlar darvozani qo'riqlamasligi haqida reglamentga o'zgartirish kiritilgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia