Neymar "Santos" mashg'ulotlarini hech qanday sababsiz o'tkazib yubordi

Sherzod Nurmatov
27 apr 2026, 14:05
ESPN nashrining xabar berishicha, "Santos" hujumchisi Neymar jamoaning "Rey Pele" qarorgohida bo'lib o'tgan mashg'ulotlarida qatnashmadi.

Futbolchi milliy chempionatning "Baiya"ga qarshi (2:2) o'yinida qatnashmagan o'yinchilar guruhi bilan ishlashi kerak edi, ammo u kelmadi va yo'qligining sababini ham aytmadi.

Klub vaziyatni oydinlashtirish uchun Neymar va uning atrofidagilar bilan bog'landi, ammo na "Santos", na futbolchining vakillari rasmiy izoh berdi.

Mashg'ulot jamoaning 29 aprel kuni Argentinada "San-Lorenso" bilan bo'lib o'tadigan Sudamerikana Kubogi bahsiga tayyorgarlik doirasida bo'lib o'tdi.

34 yoshli braziliyalik joriy mavsum "Santos"ning 10 o'yinida maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN