"Neftchi"ni "Andijon" bilan o'yinga kim tayyorlaydi?

Aslanov Jasurbek
7 dek 2020, 17:39
Xabaringiz bor, kuni kecha "Neftchi" bosh murabbiyi Abdusamad Do'rmonov iste'foga chiqarildi. Ammo, barchani qiziqtirayotgan bir savol qolmoqda.

Katta ehtimol bilan "Neftchi" - "Andijon" o'rtasidagi uchrashuv dekabr oyida o'tkaziladi. Muxlislar yana bir qiziqarli vodiy derbisini ko'rishlariga shubhamiz yo'q. Lekin qiziq bosh murabbiysiz qolgan "Neftchi"ni hal qiluvchi uchrashuvga kim hozirlaydi? Yaqinda o'tgan yig'ilishda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov  "Andijon" bilan bo'lib o'tadigan o'yinga etarlicha tayyorgarlik ko'rish hamda ijobiy natija ko'rsatish bo'yicha "Neftchi" futbol klubi mas'ullariga tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berib o'tgan edi. Oldinda vaqt oz qolmoqda. Balki, katta o'zgarish ko'rmasmiz. Abdusamad Do'rmonovga yordam berib kelayotgan Sergey Lebedov ham jamoani oxirgi uchrashuvga tayyorlash ehtimoli ham mavjud. Bu borada yaqin orada yangilik ko'rib qolamiz degan umiddamiz. So'nggi ma'lumotlarga qaraganda bir qator murabbiylar nomzodi ko'rib chiqilmoqda ekan. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia